29 sentyabr kuni Toshkentda o'tkazilgan iqtisodiy forumda Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasining davlat ulushini sotish to'g'risida shartnoma imzolandi. Bitim Toshkent iqtisodiy forumida doirasida imzolandi. Turkiyaning Coca-Cola Ichecek A.Ş. (CCI) kompaniyasi Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasini 57.118% ulushi uchun 252.2 mln dollar to’ladi.
Hurriyet ma'lumotlariga ko'ra, Ichecek 351 022 ta Coca-Cola aktsiyalarini sotib olish uchun naqd pul to'lagan.
CCI bosh direktori Burak Basharirning aytishicha, zavodni sotib olish kompaniyaning Coca-Cola hamkorlar tarmog'idagi o'rnini mustahkamlaydi. U, shuningdek, ishchilar, iste'molchilar, jamiyat va butun O'zbekiston manfaati uchun ishlab chiqarishni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tomonlarni ishontirdi.
Coca-Cola Ichecek va Anadolu Group direktorlar kengashi raisi Tunkay O'zilxon o'sish imkoniyatlarini qayd etib, O'zbekiston mintaqada aholi soni bo'yicha eng ko'p mamlakat, lekin aholi jon boshiga alkogolsiz ichimliklar iste'mol qilish darajasi eng pastliginu ta’kidlab o’tdi.
AUGA direktori Akmalxon Ortiqov bu bitimni xususiylashtirish, investorlarning O'zbekistonga bo'lgan qiziqishini tasdiqlashning muvaffaqiyatli namunasi deb atadi.
Qolgan 42,882% The Coca-Cola Export Corporation kompaniyasiga tegishli. Shartnomadan so'ng Coca-Cola Uzbekistan Coca-Cola nazoratidagi to'liq xususiy kompaniyaga aylandi.
Coca-Cola Ichecek A.Ş. 1964 yilda tashkil etilgan turk alkogolsiz ichimliklar kompaniyasi bo’lib, Coca-Cola Uzbekistan bilan shartnomadan so'ng, ushbu tuzilma Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 11 mamlakatida 29 ta zavodga ega bo’ldi.